|
|
16.
|
Tengsiz
alvonchi
Large
Cooper
Lycaena
dispcir Haworth. 1803
ssp. nitila Wemeburg, 1864
|
|
Maqomi. 2: G`arbiy
Palearktika turining zaif, qisqarib borayotgan, mozaik
tarqalgan janubiy kenja turi. TMXI Qizil ro`yxatiga
kiritilgan.
Tarqalishi. G`arbiy Tyonshon, Jizzax
va Samarqand vil. O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Qirg`iziston, Kavkaz, Tursiya, O`rta
va Janubiy Yevropa. Nominativ kenja turi (Angliya) taxminan 1850
yillarda yo`q bo`lib ketgan.
Yashash
joylari. Tekislik
va O`rta balandlikdagi tog`larning (d.s.b. 500-1000 m) namlangan o`tlarga boy
qismlari, ba'zan vohalar.
Soni. Doimo kam bo`lgan, so`nggi
o`n yilliklar davomida soni keskin kamayib ketib, ayrim namunalarigina
uchraydi.
Yashash tarzi.
Joyning
mutloq balandligiga qarab bir yilda 1-2 marta nasl beradi. Uchishi va tuxum
qo`yishi may-iyunda, ba'zan esa
avgust-sentabrda. Qurti iyunda otquloq va suvzamchilarda yashaydi. G`umbagi
qishlaydi.
Cheklovchi
omillar. Yashash
makonlarinning qo`riqlarni haydash, daraxt va butalarni kesish, pichan
tayyorlash va chorvani haddan tashqari ko`paytirish natijasida qisqarishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Chotqol,
Nurota qo`riqxonalari va Ugom-Chotqol milliy bog`ida muhofaza ostida.
|
|
|
|
|
17.
|
To`qay
feruzaqanoti
Tugay
Blue Glaucopsycbe chanbdis (Staudmger, 1886)
|
|
Maqomi. 2: Zaif. qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan. janubiy Turon endemik
turi.
Tarqalishi. Surxondaryoning Ko`kaydi.
Oqqo`rg`on q. va Zarafshonning Samarqand sh. yaqinidagi qayirlari, Qizilqumning
Amudaryoga tutash qismlari, Markaziy Farg`ona. O`zbekistondan tashqarida:
Tojikiston, Turkmaniston.
Yashash
joylari. Tekislik
daryolar qirg`oqlaridagi to`rang`i tuqaylar va ularning atroflari sug`orish
kanallari bo`ylab sug`oriladigan yerlarda qaytadan kirishi mumkin.
Soni. Ilgari ko`p uchrar edi,
keyingi o`n yillar davomida keskin kamayib ketgan.
Yashash tarzi.
Kam
o`rganilgan. Bir yilda bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qo`yishi -
aprel-mayda. Qurti qizilmiyada yashaydi.
Cheklovchi
omillar. Xo`jalik
faoliyati oqibatida to`qaylarning hamda ozuqa o`simligining yo`q
qilinishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari.
Zarafshon
va Qizilqum qo`riqxonalarida muhofaza ostida.
Yashash
joylari. Soni
va yashash tarzini mukammal o`rganish lozim.
|
|
|
|
|
18.
|
Hisor
arvoh kapalagi
Ghissar Sphinx Acosmeryx naga (Moore, 1857)
ssp. hissarica Stshetkin, 1956
|
|
Maqomi. 2: Janubi-sharqiy Palearktika turining zaif, tabiatan kamyob, lokal
tarqalgan, janubiy Turkiston kenja turi.
Tarqalishi. Omonqo`ton q. atrofi,
Jindidaryo, Soyg`us (Zarafshon t.), To`palangdaryo, Sangardak (Hisor t.)
vohalari. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Afg`oniston, Hindiston, Xitoy,
Koreya, Yaponiyada — boshqa kenja turi.
Yashash
joylari. Tog`
(d.s.b. 1100-1600 m) vodiylarining daraxt va butali chakalakzorlari.
Soni. Hamma joyda kam. O`zbekistonda bir
necha topilmalar orqali ma'lum.
Yashash tarzi.
Yiliga bir marta
to`la va bir marta qisman nasl beradi. Birinchi uchishi va tuxum qo`yishi —
aprel-mayda (tunlari), ikkinchi— avgust-sentabrda. Qurtlari yovvoyi tokda,
ba'zan madaniy tokzorlarda iyun-iyul va sentabr-noyabrda rivojlanadi.
Tuproqning yuqori qatlamida o`ta nam joylarda g`umbakka aylanadi.
G`umbaklarning birinchi nasli qisman va ikkinchi nasli qishlaydi.
Cheklovchi
omillar. Daraxt
va butalarning kesib tashlanishi, ozuqa o`simligining yo`q qilib tashlanishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Kitob
qo`riqxonasida muhofaza ostiga olingan.
|
|
|
|
|
19.
|
To`qay
kokildori
Tugay
Prominent Moth
Paragluphisia
oxiana Djakonov, 1927
|
|
Maqomi. 2: Zaif, qisqarib
borayotgan, mozaik tarqalgan janubiy Turon endemik turi.
Tarqalishi. Surxondarye (Termiz
sh.), Amudaryo (To`rtko`l sh.), Zarafshon d., (Samarqand, Buxoro, G`ijduvon
sh.) qayirlari. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog`iston.
Yashash
joylari. Tekisliklardagi daryo
bo`ylaridagi turang`ili to`qay va daraxtzorlar.
Soni. Hamma joyda kam va uzluksiz
kamayib bormoqda. Kam topilmalar orqali ma'lum.
Yashash tarzi.
Kam
o`rganilgan. Yiliga 2-3 marta nasl qoldiradi. Uchishi va tuxum qo`yishi —
tunlari aprelning oxiridan avgustning boshlarigacha. Qurti va ozuqa o`simligi
noma'lum.
Cheklovchi
omillar. Xo`jalik
faoliyati oqibatida tuqaylarning kesib tashlanishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Zarafshon
qo`riqxonasida muhofaza ostiga olingan, yashash joylari, soni va yashash
tarzini mukammal o`rganish lozim.
|
|
|
|
|
20.
|
Temur tasmaqanoti
Timur
Underwing Moth Catocala timur A. Bang-Haas, 1907
ssp.
timur A.. Bang-Haas, 1907
|
|
Maqomi. 2: Eron-Turon turining zaif, qisqarib
borayotgan, mozaik tarqalgan, janubiy Turon kenja turi.
Tarqalishi. Zarafshon d. quyi
oqimi. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy (Sinjon).
Eronda-boshqa kenja turi.
Yashash
joylari. Tekislik
daryolari bo`ylaridagi turang`ili to`qay va daraxtzorlar.
Soni. Hamma joyda kam va uzluksiz
kamayib bormoqda. O`zbekistonda kam topilmalar orqali ma'lum.
Yashash tarzi.
Yilda 1
marta nasl beradi. Uchishi tuxum qo`yishi—iyun-iyulda tunlari. Qurtlari aprelda
to`ranqida rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning
aprelida qo`shimcha oziqlanadi. To`ranqining ko`chgan po`stlog`i ostida yumshoq
pilla ichida g`umbakka aylanadi.
Cheklovchi
omillar. Xo`jalik
faoliyati oqibatida to`qaylarning qirqib tashlanishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Yashash
joylari va sonini mukammal o`rganish, yashash joylarida muhofazasini
tashkillashtirish.
|
|
|
|
|
21.
|
Oltingugurtrang g`ingpashsha
Sulfur Flowerfly
Spilomyia sulphured Sack, 1910
|
|
Maqomi. 2: Zaif, tabiatan kamyob,
lokal tarqalgan, janubiy Turkiston-Afg`oniston endemik turi.
Tarqalishi. Hayot (Nurota t.), Samarkand
sh. atroflari. O`zbekistondan tashqarida: Qirg`iziston, Qozog`iston,
Tojikiston, Afg`oniston.
Yashash
joylari. Keng
yaproqli, ko`pincha yong`oqzor va turli mevali, kovakli va chirigan daraxtli
tog` (d.s.b. 1300-1800 m) o`rmonlari.
Soni. Nurota populyatsiyasida
mavsumda 3-17 donagacha hisobga olingan.
Yashash tarzi.
Yiliga bir
necha nasl beradi. Uchish va tuxum qo`yishi — may-avgust oylarida, Daraxt va
butalari siyrak, yonbag`irlardagi soyabonguldoshlar hamda murakkabguldosh-arning gullarida
oziqlanadi. Lichinkalari — nam qipiqlarda, eski daraxtlarning kovaklarida
rivojlanadi; organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi
omillar. Eski
kovakli daraxtlarni kesib tashlash, haddan tashqari ko`p pichan tayyorlash,
yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Nurota
qo`riqxonasida muhofaza ostiga olingan; kovakli va qari daraxtlarni kesishni
cheklash lozim.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|